Текст песни Ulug‘imsan Vatanim

Текст песни Ulug‘imsan Vatanim

Текст песни Ulug‘imsan Vatanim Sevara Nazarkhan 8 переводов 1 Делиться Действия Добавить перевод Добавить субтитры Запросить перевод ✕ Язык:Узбекский Делиться Видео Действия Дальше Запрошена проверка × Неправильное форматирование × Откровенный контент ×

Ulug‘imsan Vatanim 3 транслитераций

Men dunyoni nima qildim, O‘zing yorug‘ jahonim. O‘zimga bek, O‘zim sulton, Sen taxti Sulaymonim. Yolg‘izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O‘zing mening ulug‘lardan Ulug‘imsan... Sen Xo‘jandsan, Chingizlarga Darbozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan. Muqannasan, qorachig‘i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon- Cho‘lig‘imsan, Vatanim. Shodon kunim gul otgan sen, Nolon kunim yupatgan sen. Yuzing bosib yuzimga, Singlim deymi, Onammi, Ilig‘imsan, Vatanim, o‘zingsan. Sen – shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, o‘zing san. Ota desam, Qizim deb, Bosh egib turgan o‘zing, Ulug‘imsan, Vatanim! Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin — Kurdistonda , Boburing —Hindistonda , Bu qanday yuz qarolik deb, Yotarlar zimistonda. Tarqab ketgan to‘qson olti Urug‘imsan, Vatanim... Qizim desang osmonlarga G‘irot bo‘lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Qayliq bo‘lib tushgayman, Padarkushdan pana qilib Ulug‘beking quchgayman, G‘ichir-g‘ichir tishimdagi So‘lig‘imsan, Vatanim... Shodon kunim gul otgan sen, Nolon kunim yupatgan sen. Yuzing bosib yuzimga, Singlim deymi, Onammi, Ilig‘imsan, Vatanim, o‘zingsan. Sen – shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, o‘zingsan. Ota desam, Qizim deb, Bosh egib turgan o‘zing, Ulug‘imsan, Vatanim! (2x) Поблагодарить ❤️ 555 Делиться Копировать ссылку О песне Роман добавлено 8 Апр 2014 - 11:10 555 Редактировали: julietarab Mohamed Zaki amateur Miley_Lovato ✕ Переводы Русский Английский Казахский Транслитерация: 2 Транслитерация Транслитерация Share Ulug‘imsan Vatanim
📎📎📎📎📎📎📎📎📎📎